Ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda

Ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda

Quvasoy shahridagi 8-umumta’lim maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” mavzusi ostida tashkillandi.

Davra suhbati shaklida tashkillangan mazkur tadbirda Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment