Shartnomaning ijrosi ta’minlandi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Farg‘ona shahar Yangi Asr ko‘chasida yashovchi fuqaro G.R.ning Federatsiyasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatda fuqaro Yozyovon tumani Andijon ko‘chasi 2-uyda joylashgan “AS-FERGANA SERVIS” sho‘’ba korxonasiga qarashli avtosaloni bilan metan gaz uskunasi o‘rnatilgan, qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumli avtoulov sotib olish uchun shartnoma imzolaganligi, lekin korxona “UzAvtomotors” kompaniyasi tomonidan avtomobillarga gaz uskunasi o‘rnatish bekor qilinganligi sababidan shartnomani bekor qilayotganligidan noroziligini bildirib, avtomobilni olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Ushbu murojaatni Federatsiya tizimi mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi natijalari bilan iste’molchi huquqi himoya qilinishiga va unga qora rangli “LASETTI L-COMFORT PLUS” rusumdagi avtoulov olib berilishiga erishildi. Buning bilan iste’molchi foydasiga 115 607 000 (bir yuz o‘n besh million olti yuz yetti ming) so‘m miqdorida naf keltirildi.
Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment