Farg‘onada «Sifat haftaligi» tadbirlari o‘tmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan vodiy viloyatlarida «Sifat haftaligi» tadbirlari boshlandi.
Ana shu tadbirlarning birinchisi Farg‘ona shahrida boshlanib, Agentlikning Axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov boshchiligidagi mas’ul xodimlari, shuningdek sohaga daxldor idoralarning viloyatdagi boshqarmalari mas’ullari ishtirokida «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘iga kiruvchi savdo markazida bo‘ldik.
Tadbir ishtirokchilari savdo markazining bir necha bo‘limlarida bo‘lishib, savdoga qo‘yilgan mahsulotlar, ularni saqlash sharoitlari, mahsulotlarni yaroqlilik va saqlash muddatlariga amal qilinishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida, shuningdek import mahsulotlarda markirovka (tamg‘alash) bo‘yicha amaldagi talablarga amal qilinayotganligi va boshqa shu kabi talablarga javob berishi bilan tanishdilar.
Tadbir doirasida savdo markazi mas’ullari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytardilar.
G‘ayrat Mamatqulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari
Post Comment