Targ‘ibotchilar imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz lozim
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlar bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning uchun esa ta’lim tashkilotlari mas’ullariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining mazmun-mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirib berilmog‘i lozimdir.
Tuman jamiyatida xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari targ‘ibotchilari bilan tashkillangan uchrashuv ana shu maqsadalarni ko‘zda tutdi. Uchrashuv doirasida targ‘ibotchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, Federatsiyaning Ustav maqsad va vazifalari, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
– Bugungi kunda ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan targ‘ibotchilar bilan yaqindan hamkorlik olib borish biz uchun juda muhim, – deydi tuman jamiyati raisi U.Mirzaumarov. – Ular bilan yaqindan hamkorlik olib borish orqali aholining keng qatlamlariga iste’molchilik ijtimoiy harakatining asl mazmun-mohiyatini va ahamiyatini samarali yetkazib bera olamiz.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, targ‘ibotchilar bilan hamkorlikda nafaqat ta’lim maskanlarida, balki aholi vakillari o‘rtasida ham jamiyatimiz hayotida iste’molchilik ijtimoiy harakatining, jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilib borishga kelishib olindi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment