Iste’molchilik ijtimoiy harakatining ahamiyati keng targ‘ib qilinmoqda
Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan ochiq, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilishdan iborat.
Tadbir doirasida ta’lim muassasalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment