Oltiariqda deputat sayyor qabul o‘tkazdi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Baxtiyor Abduraxmonov tuman Kengashi deputati hamdir. U bugun o‘z saylovchilari bilan uchrashib, fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazdi.
Asosiy e’tibor aholining murojaatlarini hamda ularni qiynab turgan muammolarni o‘rganish va yechim topish, aholi bandligi ta’minlash, aholi vakillariga iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishni ko‘zda tutuvchi mazkur qabullarda tuman bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassisi ham ishtirok etdi.
Aholi bilan uchrashuvlar doirasida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasidagi bir necha murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi vakillarining turli masalalarga oid savollariga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment