Iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chorlanmoqda
Oltiarik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-sonli umumta’lim maktabida o‘quv seminari o‘tkazildi.
“Biz barchamiz iste’molchimiz” mavzusi ostida o‘tgan mazkur seminarda maktab o‘qituvchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va bugungi kunda nodavlat-notijorat tashkilotlarining jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va roli haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Federatsiyaning joylardagi tayanch guruhlari faollari bilan uchrashish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda ularning ishtirokini ta’minlash, buning uchun esa mamlakat iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chorlashdan iborat.
Targ‘ibot tadbirlari doirasida unda ishtirok etayotgan aholi vakillariga tegishli tushuntirishlar va huquqiy maslahatlar ham berib borilmoqda.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQJ mutaxassisi
Post Comment