Taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarni amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlik

Taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarni amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlik

Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi» tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasi 7 ta asosiy yo‘nalish va 100 ta maqsadlarni o‘z ichiga jamlagan bo‘lib, mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan.

Bugun hududiy birlashma raisi Ahrorjon Asqaraliyevich Raxmonaliyev viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xusan Xasanovich Mamadjonov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Taraqqiyot strategiyasida belgilangan tegishli maqsadlarni amalga oshirishda hamkorlikni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, tizim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonuni bilan belgilab berilgan huquq va vakolatlardan foydalangan holda, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek Taraqqiyot strategiyasining qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik institutlari bilan maslahatlashuvlar, xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat hissini shakllantirish, tibbiyot sohasiga taalluqli bandlari ijrosini ta’minlanishida o‘zaro hamkorlik olib borishlari ko‘zda tutilgandi.

Muhokamalar hamda o‘zaro fikr-mulohazalar almashish natijalari ko‘ra, ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikni ko‘zda tutuvchi yuqoridagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va ijroga qaratildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment