Ta’lim tashkiloti xodimlarini iste’molchilik sohasi qonunchiligiga oid yangiliklardan xabardor qilindi

Ta’lim tashkiloti xodimlarini iste’molchilik sohasi qonunchiligiga oid yangiliklardan xabardor qilindi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tumandagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda tuman jamiyati va ta’lim tashkiloti o‘rtasida xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaqindan hamkorlik olib borish masalalarida so‘z bordi.

Tadbir davomida uning ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 18.01.2022 yildagi O‘RQ-746-son qonuni bilan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelganda Federatsiya va uning hududiy organlariga murojaat qilish, bu borada Federatsiya tomonidan yaratilgan qulayliklar (vertual qabulxona, ishonch telefoni, telegram bot)dan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ham tushuntirib o‘tildi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment