Iste’molchik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etish targ‘ib qilindi

Iste’molchik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etish targ‘ib qilindi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi 2-umumta’lim maktabida iste’molchilik ijtimoiy harakati va unda faol ishtirok etishga targ‘ib qiluvchi tadbir o‘tkazdilar.

Dastlab pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan alohida ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni mazkur harakat ishida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Shuningdek, iste’molchilik huquqlari buzilganda maxsus vakolatli davlat idoralariga, shuningdek Federatsiyaga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari hamda bu borada Federatsiya tomonidan iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Post Comment