Oltiariqda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun umumiy ta’lim berish borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Oltiariqda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun umumiy ta’lim berish borasidagi ishlar o‘rganilmoqda

Federatsiya tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yilning 12 oktyabrida qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-son qaror ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari o‘tkazilayotganligi haqida xabar berib o‘tgandik.

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan mazkur qaror bilan belgilab berilgan nizomlar asosida jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim, ular uchun tashkillangan alohida davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar talablari ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar olib bormoqdalar.

Shunday o‘rganishlardan biri tumandagi 1-umumta’lim maktabida o‘tkazilib, hozirda boshqa ta’lim muasasalarida ham davom ettirilmoqda.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment