Tibbiyot muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda

Tibbiyot muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari hududdagi tibbiyot muassasalari ishchi-xodimlari o‘rtasida «Siz huquqingizni bilasizmi?», «Iste’molchi huquqi qonun himoyasida» kabi mavzularda turli ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazmoqdalar.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad hududiy birlashmaning manfaatdor tashkilotlar bilan imzolagan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejalari asosida hududdagi tibbiyot muassalari bilan xodimlarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida keng qamrovli hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik asoslari, bu boradagi Hukumat qarorlari, ularning ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash kabi masalalarda tushuntirishlar berilmoqda, fikr va mulohazalar almashilmoqda.

Shuning bilan birgalikda, iste’molchilik sohasiga oid masalalarda huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlariga murojaat qilish tartiblari ham tushuntirilmoqda.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Post Comment