Umumxalq bayrami arafasidagi tadbirlar davom etmoqda

Umumxalq bayrami arafasidagi tadbirlar davom etmoqda

9-may har yili mamlakatimizda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida keng nishonlanib keladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushi fashizmga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat ehtirom ko‘rsatish, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini ulug‘lash maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 29 apreldagi PQ-229-son qarori ham qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida ijroga kiritilgan dasturga muvofiq bayram arafasida “Inson qadri ulug‘ — Xotira muqaddas”, “Mardlik va jasorat — hamisha barhayot” shiorlari ostida turli tadbirlarni o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan. Moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflar, ular ko‘rsatgan matonati, mardlik va jasoratning ahamiyatini targ‘ibot qilish bo‘yicha madaniy — ma’rifiy va vatanparvarlik tadbirlari shular jumlasidandir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari shaharning Huvaydo mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, front orti qatnashchisi, 94 yoshni qarshilagan Jumaboy ota Xasanovning holidan xabar olib, uni umumxalq bayrami bilan tabriklab qaytdilar.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Post Comment