Nuqsonli tovar sotuvchiga, boshlang‘ich to‘lov summasi esa iste’molchiga qaytarildi

Nuqsonli tovar sotuvchiga, boshlang‘ich to‘lov summasi esa iste’molchiga qaytarildi

Uchko‘prik tumanida yashovchi iste’molchi Z.Ochilova kredit do‘konidan sotib olingan uyali telefon apparatidagi nosozlik sotuvchi tomonidan bartaraf etib berilmayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Murojaat tegishliligi bo‘yicha Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, SamsungA13 markali uyali telefon apparati “Ishonch” do‘konidan umumiy qiymati 3 460,0 ming so‘mga, iste’mol krediti shartlarida, tovar qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olinganligi va 400,0 ming so‘m miqdorida boshlang‘ich to‘lov ham amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Iste’molchiga ko‘ra, u uyali telefon apparatining mikrofoni yaxshi ishlamaganligi sababli sotuvchiga murojaat qilib, mazkur nuqsonni bartaraf etib berilishini yoki boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lagan puli qaytarilishini so‘ragan, lekin ehtiyot qismlari yo‘qligi vaji bilan uning ushbu talabi ijrosi ta’minlanmasdan kelgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish doirasida sotuvchining mas’ul xodimlari bilan uchrashib, amaldagi qonunchilik asoslari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borganlaridan so‘ng, iste’molchidan nuqsonli tovar sotuvchiga qaytarilishigia va uning tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘langan 400,0 ming so‘m pulni qaytarilishiga erishildi.

Abbosxon Sobirov
Uchko‘prik tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment