To‘lov to‘langan bo‘lsada kartadan qo‘shimcha mablag‘ yechib olingan

To‘lov to‘langan bo‘lsada kartadan qo‘shimcha mablag‘ yechib olingan

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi U.A. o‘zlariga qarashli bank plastik kartasidan ortiqcha mablag‘ yechib olinganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilsh jamiyatlari Federatsiyasi Telegramm boti orqali murojaat yo‘llagan.

Murojaat egasining bildirishicha, u shahardagi “Elmakon» savdo do‘konidan, iste’mol krediti shartlarida, tovar qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan, 5 mln 700 ming so‘mga mobil telefon xarid qilgan. Shartnoma uning otasi A.A. nomiga rasmiylashtirilib, otaning bank plastik kartasi oylik to‘lov vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda avtomatik tarzda yechib olish dasturiga ham ulangan. Lekin to‘lovlar amalga oshirib kelinayotganligiga qaramasdan, oxirgi oyda dastur bank kartasidan ortiqcha to‘lov yechib olgan.

Murojaat Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasisslari tomonidan o‘rganish jarayonida iste’molchi U.A. shartnoma shartlari asosida to‘lovlarni vaqtida amalga oshirib kelayotganligi, lekin ularga qarashli bo‘lgan bank kartasidan 475 ming so‘m ortiqcha mablag‘ yechib olinganligi tasdig‘ini topdi va o‘rganish ishlari davomida ortiqcha olingan mablag‘ iste’molchiga qaytarildi.

Muhammadjon Ulmasov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment