Iste’molchi murojaatida keltirilgan vajlar asosli bo‘lib chiqdi
Bugungi kunda Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga iste’molchilardan xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan maishiy chiqindilarni bu borada tasdiqlangan grafiklarga amal qilmasdan, o‘z vaqtida olib ketilmasligi holatlari, xizmat ko‘rsatilmagani holda qarzdorlik hisoblanishi kabi masalalarda ham murojaatlar bo‘lib turibdi. Murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masalaga oydinlik kiritib berilmoqda.
Shunday murojaatlardan biri tumanning «Xamrak» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi U. X.dan kelib tushgan bo‘lib, unda iste’molchi yashash xonadoniga nisbatan “Sifat sanitar servis” MChJ tomonidan maishiy chiqindilar olib ketish xizmatlari uchun asossiz ravishda 550 000 so‘m qarzdorlik hisoblaganligidan noroziligini bildirib o‘tgan hamda masalani ijobiy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaatda keltirilgan vajlarni tuman jamiyati mutaxassislari hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxona MChJ mas’ullar ishtirokida o‘rganilishi jarayonida, iste’molchining murojaatida keltirilgan vajlar o‘rinli ekanligi qayd etilib, uning xonadoniga nisbatan hisoblangan 550 000 so‘m qarzdorlikning haqiqatda ham asossizligi ma’lum bo‘ldi hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan mazkur qarzdorlikni bartaraf qilish choralari ko‘rildi.
Shohistaxon Raximova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment