Uch million so‘mdan ortiq summadagi qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning «Mustaqillik» ko‘chasida yashovchi fuqaro A. U. elektr ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga asossiz ravishda 3 346 986 so‘m qarzdorlik chiqarilayotganligi holati yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatni o‘rganish davomida iste’mol ko‘rsatkichlarini nazoratini olib borish uchun xonadonda eski rusumdagi CO-5 elektr hisoblagichdan foydalanib kelinayotganligi, ushbu hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida olib borilgan qayta hisob-kitob ishlari natijasida fuqaro iste’mol qilingan elektr energiyasi to‘lovlaridan hisoblagich ko‘rsatkichining 9206 kVt/soat holatiga 55 828 so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.
Natijalarni shahar elektr ta’minoti korxonasi bazasi ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida, 01.06.2023 yil kuni texnik xatolik sababli korxona elektron bazasida ma’sul xodim tomonidan 4908 kVt/soat ko‘rsatkich noto‘g‘ri sana bilan kiritilishi oqibatida 3 346 986 so‘m noreal qarzdorlik vujudga kelishiga sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur xatolik ma’sullar ishtirokida dalolatnoma tuzilib, xatlovdan o‘tkazish yo‘li bilan bartaraf qilindi. Fuqaroga elektr energiyasi iste’mol bo‘yicha noreal qarzdorlik bartaraf qilinganligi, uning haqiqatda 55 828 so‘m qarzdorligi mavjudligi va mazkur qarzdorlikni bartaraf etishi lozimligi tushuntirildi.
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment