Davlat granti loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Do‘saliyev va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi A.Raxmonaliyevlar ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Memorandum hududda iste’molchilarning moliyaviy xizmatlar sohasidagi iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, ularning moliyaviy xizmatlar sohasidagi huquqiy bilimini oshirishda hamkorlik qilish barobarida, hududiy birlashmaning “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli grant loyihasini hayotga tatbiq etish ishiga ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Yoshlarning muammolarini hal qilishga, tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini ilgari surishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi grant tanlovida qatnashib g‘olib bo‘lgan edi. Loyihani amalga oshirish joriy yilning iyul oyidan boshlandi. Hozirda hududiy birlashma tomonidan loyiha bo‘yicha dastlabki tashkiliy ishlar boshlab yuborilgan.
Post Comment