Xarid qilingan IPHONEda nuqson aniqlangani sababli sotuvchiga qaytarildi
O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning «Namuna» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi F.T.ning xarid qilingan mobil telefondan kafolat muddatida foydalanish jarayonida nuqsonlar kuzatilgani hamda va sotuvchi uni bepul ta’mirlab yoki yangisiga almashtirib bermaganligi sabab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u tuman hududida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan S.A. ga qarashli savdo do‘konidan IPHONE 14 PRO rusumli mobil telefonni 8 590 000 so‘mga xarid qilgan. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay , telefonda nuqsonlar kuzatilib, yaxshi ishlamay qo‘yganidan so‘ng, sotuvchiga bu boradagi e’tirozlarini bildirgan bo‘lsada, murojaati ijobiy yechim topmagan.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchi S.A.ga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 13-17 moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berilgach, sifatiga e’tiroz bildirilgan tovar iste’molchidan qaytarib olinib, uning uchun to‘langan pul summasi iste’molchiga qaytarildi.
Isomiddin Abbosov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(illyustrativ foto)
Post Comment