Nuqsonli basseyn boshqa maqbul sifatdagisi bilan almashtirildi

Nuqsonli basseyn boshqa maqbul sifatdagisi bilan almashtirildi

{:uz}

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yuqori Mo‘yan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.O.ning tovar qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan sun’iy suv havzachasi (basseyn)ning nuqsonli chiqqanligi holati yuzasidan qilgan yozma murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida hamda o‘rganish davomida bergan qo‘shimcha tushuntirishlarida basseynni Farg‘ona shahridagi savdo do‘konidan, muddatli to‘lov shartlarida, 750 000 so‘mga xarid qilganligini, xarid jarayonida unga tovardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi hamda kafolat taloni ham berilmagani, tovarda nuqson aniqlanganidan so‘ng sotuvchidan uni almashtirib ololmaganligini bayon qilib, muammoni ijobiy hal qilib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Shahar jamiyati mas’ullari mazkur murojaat asosida sotuvchi bilan bog‘lanib, amaldagi qonunchilik targ‘ibotini olib bordilar. O‘rganish yakunlari bilan esa iste’molchi qo‘lidagi nuqsonli ekanligi da’vo qilingan basseynni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment