Uch yarim million so‘mga xarid qilingan televizorda aniqlangan nuqson bepul bartaraf etib berildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.A.ning bundan 6 oy avval xarid qilingan televizorning ekranida nuqson kuzatilgach, bu borada sotuvchiga qilgan murojaati 10 kundan buyon hal qilinmasdan kelinayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyalari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida, shuningdek ushbu holat yuzasidan sotuvchiga chiqarilgan so‘rov xatiga olingan javob xatidan ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tuman hududida faoliyat olib borayotgan «Texnomart» MChJga qarashli savdo do‘konidan «Hisense 43» rusumli televizorni 3 500 000 so‘mga pulini naqd to‘lab sotib olgan. Televizordan 6 oy davomida foydalanishi jarayonida uning ekrani qorayib ko‘rsatmay qolgach, savdo do‘koniga olib kelgan. Savdo do‘koni televizorni Toshkent shahrida joylashgan servis markaziga jo‘natgan. Hozirda televizorga bepul servis xizmati ko‘rsatilib, savdo do‘koniga olib kelingan va iste’molchining qo‘liga soz holatda topshirish uchun shay holatda.
O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga soz holatdagi televizorni olib ketishi mumkinligi ma’lum qilinib, tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment