Texnik nosozlik tufayli iste’molchining bankomatda qolib ketgan naqd pullari uning bank plastik kartasiga qaytarildi
Fuqarolar tomonidan bank plastik kartasidagi pullarni naqdlashtirish jarayonida ba’zida bankomatdagi texnik nosozlik tufayli ovoragarchiliklar kelib chiqayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shunday vaziyatga duch kelgan «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro T. N. ning murojaati o‘rganildi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB qarashli bo‘lgan Toshloq tumanida joylashgan bankomatda plastik kartasidan 400 000 so‘m miqdoridagi pulni naqdlashtirish jarayonida texnik nosozlik tufayli plastikdan pul mablag‘i yechilgan bo‘lsada, naqd pullar bankomatda qolib ketganidan so‘ng bank iste’molchi mutaxassislariga borib uchragan bo‘lsada, kutilgan natija bo‘lavermagach, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Iste’molchining murojaati bank muassasasi mutaxassislari bilan o‘rganilishi jarayonida masalani shu kunning o‘zida hal qilinishiga va 400 000 so‘m pul mablag‘ini T. N.ning bank plastik kartasiga qaytarilishiga erishildi. Murojaatni o‘rganish jarayonida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi.
Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment