Shartnoma rasmiylashtirishda xatolik sababidan ortiqcha to‘lov summasi kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi

Shartnoma rasmiylashtirishda xatolik sababidan ortiqcha to‘lov summasi kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.S.ning muddatli to‘lov shartlarida, hech qanday foiz to‘lovlarisiz sotib olingan 2 340 000 so‘mlik tovarlar uchun keyinchalik foiz qo‘shib hisoblanishi holatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida bildirishicha, tumandagi «Grand» kredit savdo do‘konidan har biri 1 170 000 so‘mdan, umumiy qiymati 2 340 000 so‘m bo‘lgan ikki dona bolalar aravachasini tovar qiymatini 3 oyda bo‘lib to‘lash shartlarida sotib oladi. Lekin xarid jarayonida unga qo‘shimcha foizlar hisoblanmasligi aytilgan bo‘lsada, keyinchalik undan 300 ming so‘m atrofida ustama foiz to‘lashi kerakligi aytilgach, mazkur holatdan norozi bo‘lib tuman jamiyatiga murojaat qiladi.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari va kredit savdo do‘koni mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganilishi jarayonida iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning to‘g‘riligi, do‘kon xodimi tomonidan shartnoma rasmiylashtirish jarayonida hisoblash ishlarida xatolikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha iste’molchiga to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar to‘lamasligi ma’lum qilindi.

Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment