Hamkorlik yanada kengaytiriladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida aholi muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish borasida imzolangan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Toshloq tuman Tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ikki tashkilot o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek tuman jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etilishi natijalari, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar xususida jamiyat mutaxassislarining axborotlari tinglandi.
Tadbirda so‘z olgan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari A.Shermatov tizimda ish olib borayotgan Federatsiya tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirish barobarida, tuman jamiyati faoliyatiga ijobiy baho berib o‘tdi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra ikki tashkilot o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Husnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment