Tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda
Federatsiya hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida dastur imzolangan. Hozirda joylarda Federatsiyaning hududiy tashkilotlari tomonidan ana shu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman Tez tibbiy yordam markazi ishchi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ham yuqoridagi dastur ijrosini ta’minlash maqsadida tashkillanib, uning doirasida tibbiyot xodimlariga yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati hamda uning maqsad va vazifalari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vaziflar xususida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, tibbiyot muassasasida Federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ikki tashkilot o‘rtasida tibbiyot xodimlarining huquqiy bilim saviyasini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalarida yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment