Qarzdorligi da’vo qilingan iste’molchi bir million so‘mdan ortiqroq summada haqdor bo‘lib chiqdi

Qarzdorligi da’vo qilingan iste’molchi bir million so‘mdan ortiqroq summada haqdor bo‘lib chiqdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi O.U.ning suv ta’minoti korxonasi katta miqdorda qarzdorligi mavjudligini ma’lum qilib, uni bartaraf qilishni talab qilayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatini o‘rganish doirasida O.U.tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqildi, shuningdek holatga qo‘shimcha aniqlik kiritib olish uchun «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Farg‘ona filialiga so‘rov xati ham kiritildi. O‘rganish yakunlari esa, da’vo qilingan qarzdorlikning asossiz ekanligini, iste’molchida 1 284 061.74 so‘m oldindan to‘lov summasi mavjudligini ko‘rsatdi. Murojaatni o‘rganish ishlari natijalari bo‘yicha iste’molchiga yozma ravishda ma’lum qilindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment