Ijtimoiy sheriklikni keng yo‘lga qo‘yish masalalarida tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish orqali iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish borasida ikki tomonlama ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi imzolangan bo‘lib, Federatsiya tizimi tashkilotlari tomonidan joylarda mazkur chora-tadbirlar rejasi bilan belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida turli shakllarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan viloyat hududiy birlashmasi mas’ullari ishtirokida tashkillangan tadbir ham shu maqsad yo‘lida tashkillangan tadbirlardan biri bo‘lib, unda Federatsiya xodimlari tomonidan ikki yuqori turuvchi idora tomonidan imzolangan chora-tadbirlar rejasidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, ularni ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan yig‘ilish tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuning bilan birgalikda, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari, xususan Quvasoy shahar jamyati tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Tadbir doirasida ikki tashkilot o‘rtasida hududda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish yo‘nalishida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Post Comment