Isitish qozonidagi nosozlik bartaraf etildi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yangi asr» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Sh.F.ning yashab turgan xonadonlarini issiqlik bilan ta’minlovchi isitish qozonini yaxshi ishlamayotgani natijasida uylarni yaxshi isitmayotgani xususidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatlarga keltirilgan vajlarga aniqlik kiritib olingach, iste’molchi yashab turgan xonadon ko‘p qavatli uyda joylashganligi sababli mazkur uylarga xizmat ko‘rsatuvchi «Nurziyo xizmat» boshqaruv servis kompaniyasiga so‘rov xati kiritildi. O‘rganishda, shuningdek boshqaruv servis kompaniyasidan olingan ma’lumotga asosan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p qavatli xonadondagi isitish qozonida nosozlik yuzaga kelganligi sababli unga xizmat ko‘rsatuvchi servis markaziga texnik ko‘rikdan o‘tkazib ta’mirlab berilishi bo‘yicha so‘rov kiritilgan. Ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar yetib kelguniga qadar esa unga har kuni yangitdan suv to‘ldirib istishga to‘g‘ri kelgan. Buning natijasida xonadonlarga issiqlik bir maromda yetib borishida qiyinchilik yuzaga kelgan.
Murojaatni o‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan yuqoridagi nosozlik bartaraf etildi va isitish qozoni to‘liq ish faoliyatiga o‘tkazilib, xonadonlar issiqlik bilan ta’minlandi hamda murojaat egasiga o‘rganish yakunlari yuzasidan ma’lumot kiritildi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment