Moliyaviy savodxonlik – davr talabi
Hududiy birlashmaning «Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur» nomli loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan grant asosida bir qator ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shulardan biri «Moliyaviy savodxonlik – davr talabi» shiori ostida plakatlar chiqarish va ularni Federatsiyaning viloyat hududidagi boshlang‘ich tashkilot (tayanch guruh)lariga, shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi gavjum to‘planadigan joylarga joylashtirishdan iborat edi.
Bugungi kunda yuqoridagi plakatlar tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari xodimlari yordamida belgilangan hududlarga joylashtirilmoqda. Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ham bu ishlarda faol ishtirok etayotgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. Jamiyat xodimlari plakatlarni joylashtirish barobarida, iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda unda ko‘rsatilgan mas’ul idoralarning virtual qabulxona, telegram bot va ishonch telefonlariga, shuningdek Federatsiyaning viloyatdagi tuman (shahar) jamiyatlari xizmat telefonlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.
Saidamir G‘ulomqodirov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment