Iste’molchining qarzdorligi mavjud emasligi isbotini topdi
Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Qiyqi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi H.N.ning 2020 yilda bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilinib, to‘lovlar 2021 yilda to‘liq to‘lab bo‘lingan 2 ta uyali telefon apparati uchun 2025 yilga kelib MIBdan qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirish xati kelganligi holatiga oydinlik kiritilib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u 2020 yilda tumandagi «Hamroh savdo tarmog`i» MChJga qarashli savdo do‘konidan shartnoma qiymati 3 260 000 so‘m bo‘lgan 2 ta uyali telefon apparatini qiymatini 1 yil davomida bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qiladi. 2021 yilning bahor oylarigacha shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lab nihoyasiga yetkazadi. Lekin 2025 yilga kelib unga MIBdan 1 860 000 so‘m qarzdorligi mavjudligi haqida sud hujjati kelib tushadi. Masalaga o‘z kuchi bilan aniqlik kirita olmagan iste’molchi Federatsiya ishonch telefoniga yordam so‘rab murojaat qiladi.
Murojaatni o‘rganish davomida shaxsan ishtirok etgan iste’molchining 2021 yilda oxirgi to‘lov summasini naqd ko‘rinishda savdo do‘koni mas’ul xodimining qo‘liga berganligi, qarzi qolmaganligi bo‘yicha o‘sha paytda ma’lumotnoma ham olganligi yuzasidan qilgan da’vosi savdo do‘koni mas’ullari tomonidan tan olinib, iste’molchi H.N.ning 10.03.2020 yilda imzolangan kr-99000118-2-sonli shartnoma bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi bo‘yicha javob xati ko‘rinishidagi hujjat o‘rganishga taqdim qilindi. O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Hakimjon Hayitov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment