Texnik nosozlik mas’ullar tomonidan bartaraf etib berildi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Mindonobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi F.Sh.ning o‘zi istiqomat qilayotgan ko‘p kvartirali xonadonning podvalidan suv oqayotganligi masalasi bilan shirkatga bir necha bor murojaat qilsada, muammoni bartaraf etish ishlariga e’tiborsizlik ko‘rsatilayotganligi to‘g‘risida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilishi jarayonida «Nurziyo xizmat» boshqaruv servis kompaniyasiga so‘rov xati kiritildi. Kompaniya tomonidan berilgan javob xati va o‘rganishda iste’molchi istiqomat qilayotgan uyning kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan ikki konturli isitish qozonidan suv oqayotganligi qayd qilingan. O‘rganish ishlari davomida aniqlangan texnik nosozlik kompaniya mutaxassislari tomonidan tezkorlikda bartaraf etilib, iste’molchi muammosi hal qilib berildi.
O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi.
Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment