Federatsiya xodimlari nufuzli dargohda malakalarini oshirmoqdalar

Federatsiya xodimlari nufuzli dargohda malakalarini oshirmoqdalar

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv bo‘lib o‘tmoqda.

Undan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda NNTlarning roli va ahamiyati, qolaversa, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida “uchinchi sektor” uchun kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabilardan iboratdir.

O‘quv kursida Federatsiyaning Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidan Marg‘ilon shahar hamda Yozyovon tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Post Comment