Qonun qabul qilingan kun arafasida ochiq muloqot, brifing va matbuot anjumani tadbirlari tashkillandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat viloyat hududiy birlashmasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosida, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida “26-aprel’ – O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun” mavzusida ochiq muloqot tashkillandi. Tadbirda hududiy birlashma, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi inspeksiyaning viloyat bo‘limi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi rahbar va mas’ul xodimlari, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot tadbiri doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azamatjon Xolmatov tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati” mavzusida brifing va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi viloyat boshqarmasining “Soha mutaxassislari tomonidan dehqon bozorlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo shoxobchalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari” mavzusidagi matbuot anjumanlari ham o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida sohaga oid islohotlar va so‘nggi yangiliklar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirilib, qonunning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatining beqiyosligidan kelib chiqqan holda, uning ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarda, shuningdek aholining bu boradagi huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish ishida ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Post Comment