Targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda

Targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda o‘tkazib borilmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida tizimli asosda «Iste’mol madaniyati nima?» va boshqa shu kabi mavzularda amaldagi qonunchilik targ‘iboti tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Tadbirlarda ta’lim muassasalarining ishchi xodimlari bilan uchrashilib, ularga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid so‘nggi yangiliklar, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan ma’lumot va axborotlar berib borilib, ularning bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalari hamda talkiflari tinglanmoqda.

Tumandagi 2-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari ishtirokida tashkillangan tadbirda ham ishtirokchilarga ma’lumotlar berish barobarida, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.

Xusnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment