Markaziy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi

Markaziy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi

Federatsiyaning Beshariq tuman jamiyati tomonidan bu boradagi topshiriq va belgilangan reja asosida hududdagi davlat tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda o‘tkazib kelinmoqda. E’tiborlisi, tadbirlar doirasida ishtirokchilarning sohaga oid savollariga javoblar qaytarish, shuningdek ularning qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlarini tegishli tartibda qabul qilib olib, ularni hal qilib borish ham ko‘zda tutilganligidadir.

Shunday tadbirlardan biri tuman Markaziy poliklinikasi tibbiyot xodimlari ishtirokida ham o‘tkazilib, unda amaldagi qonunchilik targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Hamidjon Axmedov,
jamiyat raisi.

Post Comment