Toshloq va Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi hamda ijtimoiy soha tashkilotlari bilan imzolangan chora-tadbirlar rejalari asosida iste’mol sohasining turli yo‘nalishlari va mavzulari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Toshloq va Qo‘shtepa tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar ham shular jumlasidandir.
Toshloq tumani
Tumandagi 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida davra suhbati tashkillanib, tadbir doirasida qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Qo‘shtepa tumani
Tumanning Langar qishlog‘ida joylashgan shifxona xodimlari ishtirokida ham targ‘ibot tadbiri tashkillanib, unda tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik, qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.
Yuqoridagi tadbirlar doirasida soha tashkilotlari bilan yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining iste’molchilik sohasini tartibga solishga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalaridagi takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.
Post Comment