Murojaatni o‘rganish ishlari maqbul sifatdagi tovarni sotuvchiga qaytarish bilan yakun topdi

Murojaatni o‘rganish ishlari maqbul sifatdagi tovarni sotuvchiga qaytarish bilan yakun topdi

Rishton tumanilik M.O. Bag‘dod tumanidagi bozordan o‘zi uchun nimcha sotib olganidan so‘ng uyiga kelib uni qaytadan kiyib ko‘rish jarayonida kiyimning o‘lchami kattaroq kelgan. Tovarga hech qanday zarar yetkazilmasligi choralarini ko‘rib uni sotuvchiga qaytarib olib kelganida esa tovarni almashtirib berilishi talabiga rad javobi olgan. Shundan so‘ng Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib ushbu masalani qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, maqbul sifatli nooziq-ovqat tovari xarid qilingan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olinishi, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, uning uchun to‘langan pul qaytarib olinishi mumkin. Faqat bunda tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lishi, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa yetarli. Shuning bilan birgalikda tovar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlagan qoidalar bo‘icha almashtirib berilmaydigan tovarlar ro‘yxatida bo‘lmasligi kerak. Iste’molchi tomonidan almashtirib berish talabi qo‘yilgan tovar yuqorida keltirilgan talablarga mos keladi va almashtirilishi shart edi. Lekin sotuvchi ushbu talabni qanoatlantirish chora-tadbirlarini ko‘rmagan.

O‘rganish ishlari jarayonida tomonlarga qonunchilik talablari tushuntirildi. Uning yakuni bilan esa tomonlar maqbul sifatdagi tovarni sotuvchiga, to‘langan pul summasini esa iste’molchiga qaytarish shaklida muammo hal qilishga kelishdilar.

Dilorom Mirzayeva,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment