Qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar savdosida yuzaga kelgan muammo bartaraf qilindi

Qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar savdosida yuzaga kelgan muammo bartaraf qilindi

Qo‘qon shahrida yashovchi A.D.ning farzandi uchun 1 800 000 so‘mga xarid qilgan o‘yinchoqlarni yoqmaganligi vaji bilan sotuvchiga qaytarib olib borgani, sotuvchi tovarni qaytarib olgan bo‘lsada, pulini qaytarib berish ishlarini paysalga solib kelayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchi tovar iste’molchiga sotilgani va undan ma’qul kelmagani vaji bilan qaytarib olinganini tasdiqladi. Fuqarolik kodeksining 242-moddasiga ko‘ra, majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, sotuvchi iste’molchining pulini kelishilgan sanadan boshlab bir hafta muddat ichida qaytarib, muammoni bartaraf qilishni o‘z zimmasiga oldi.

Shu o‘rinda:

Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy tovarlar (bunga elektron o‘yinchoqlar ham kiradi) zarur sifatda bo‘lib, nuqsonlari bo‘lmasa, sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot berilishi yoki noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olinmagan yoki shartnomada ushbu holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, chakana savdo qoidalarida, uning qandaydir iste’mol xususiyati (rangi, o‘lchami, fasoni va b.) yoqmaganligi yoki mos kelmaganligi vaji bilan qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan tovarlar turkumiga kiritilganligini iste’molchilarga eslatib o‘tgan holda, bunday tovarlarni xarid qilishda e’tiborli bo‘lishga chaqirib qolamiz. Shuning barobarida, qaytarib olinmaydigan tovarlar savdosini amalga oshirayotgan sotuvchilarni oldi-sotdi jarayonida iste’molchiga bu haqda o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot bermaslik o‘zlari uchun kelgusida turli noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi yuzasidan ham ogohlantirib o‘tish joizdir.

Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment