Ta’mirlash ishlari sifatli bajarilmagan iPhone bepul qayta ta’mirlab beriladigan bo‘ldi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ijrochi ishni (xizmatni) belgilangan vaqt, hajm va sifatda bajarishi shart. Agar ish bajarishda nuqsonga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, iste’molchi nuqsonni bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish narxi nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirilishini, ishni qayta bajarilishini yoki shartnomani bekor qilib zararini qoplanishini talab qilishi mumkin.
Yozyovon tumanilik iste’molchi M.A.ning tuman markazidagi ta’mirlash ustaxonasida iPhone 11 rusumli mobil telefonini usta X.R. ga 350 000 so‘m evaziga ta’mirlatganidan so‘ng hech qancha vaqt o‘tmay eski nuqsonlar qaytadan namoyon bo‘lganligi, ustaga o‘zining qonuniy talablarini bildirib tegishli natijaga erisha olmagani, shu sababdan telefonda qaytadan sifatli ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, aks holda pulini qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganilganda, qonunchilikning yuqoridagi normalari talablariga mos bo‘lgan holatga duch kelindi.
Murojaatni o‘rganish davomida usta bilan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng u o‘z tushuntirish xatida iste’molchi tomonidan bildirilgan e’tirozlarni tan olishini hamda telefonni bepul asoslarda qaytadan ta’mirlab berishni o‘z zimmasiga oldi.
Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.



Post Comment