Qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona shahar hamda Bag‘dod tuman jamiyatlari mutaxassislari tomonidan ham o‘z hududlarida joylashgan ijtimoiy soha tashkilotlarida amaldagi qonunchilik mamzun-mohiyatini ahoining keng qatlamlariga yetkazishni ko‘zda tutuvchi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Farg‘ona shahri

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 4-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning iste’molchilarning huquqlarini ifodalovchi normalari, ularni hayotga keng tatbiq etish, bu borada iste’molchilar jamoat birlashmalarining tutgan o‘rni va roli, qonun ijrosini ta’minlash va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borishda davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik aloqalarining ahamiyati kabi masalalarda so‘z bordi. Tadbir doirasida poliklinika xodimlarini yurtimiz site’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Bag‘dod tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ular bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment