Yozyovon va Toshloq tumanlarida ham bank muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan bank xodimlari o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi asosida Federatsiyaning Yozyovon hamda Toshloq tuman jamiyatlari tomonidan tegishli ravishda ATB Xalq banki Yozyovon filiali hamda ATB Agrobank tuman filiallari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, bank muassasasi hamda Federatsiya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar doirasida bank xodimlarini mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirilib, ularning iste’molchilik sohasini yanada rivojlantirishga oid takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Shavkatjon Saidov,
Husnidaxon Yakubova,
Yozyovon va Toshloq tuman jamiyati mutaxassislari.



Post Comment