15-mart – «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»

15-mart – «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligida Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabalari ishtirokida «Yuksak iste’mol madaniyati jamiyat rivojining asosidir» mavzusidagi seminar tashkillandi.

Tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilik ijtimoiy harakatining kelib chiqish tarixi, uni dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, mamlakatimizda qonunchilik asoslarini yaratilishi, qonunga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari, iste’molchi majburiyati tushunchasi, yurtimizda iste’molchilar huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qonunchilik yangiliklari va sohaga oid boshqa masalalarda axborotlar berib o‘tildi.

Post Comment