Hududiy birlashma raisi mahalla faollari bilan hamkorlikdagi ishlar hamda istiqboldagi vazifalarni muhokama qildi

Hududiy birlashma raisi mahalla faollari bilan hamkorlikdagi ishlar hamda istiqboldagi vazifalarni muhokama qildi

Hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliyev birlashmaning joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi hamda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tumanida bo‘lishi jarayonida tumandagi Beruniy mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuv aynan olingan mahalla misolida aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning sohaga oid murojaatlarini samarali hal qilish, amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan olib boriladigan jamoatchilik nazorati tadbirlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqindan hamkorlik olib borish masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida joylarda bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tilib, Federatsiyaning tuman jamiyati hamda mahalla faollarining hamkorlikdagi ishlar va istiqboldagi vazfialarni belgilash borasidagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.

Post Comment