Ziyo maskanlari soni yana bittaga ortdi
Federatsiya tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017 yildagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida»gi PQ-3271-sonli qarori va «Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha beshta muhim tashabbus»lari doirasida qurib ishga tushirilgan «Isteʼmolchi kutubxonasi» soni yana bittaga ko‘paydi.
Shu kunga qadar, Farg`ona viloyatining Oltiariq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanlarida “Isteʼmolchi kutubxonasi”, Farg`ona viloyatining Rishton, Bag`dod hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanlarida “Isteʼmolchilar uyi” faoliyati yo`lga qo`yilgan edi.
Yuqoridagi tashabbus doirasida Farg`ona tumanida amalga oshirilgan loyihaning o`ziga xos jihati bu yerda “Isteʼmolchi kutubxonasi”, tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati maʼmuriy binosi hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qo`shimcha maydonni o`zida mujassam etgan yaxlit “Isteʼmolchilar uyi” kompleksi vujudga kelganligidir.
«Isteʼmolchilar uyi»ni ochilishida O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov boshchiligidagi federatsiya markaziy apparati masʼullari, Farg‘ona tumani hokimi I.Nosirov boshchiligida tuman hokimligi masʼullari, Federatsiya tizimining viloyat hududiy birlashmalari va tuman (shahar) jamiyatlarida mehnat faoliyati olib borayotgan rahbar va masʼul xodimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Hududiy birlashma matbuot xizmati
Post Comment