Iste’molchi: huquq va majburiyatlar
Quva tuman jamiyati tomonidan 36-o‘rta ta’lim maktabida tashkillangan o‘quv seminari «Iste’molchi: huquq va majburiyatlar» mavzusi ostida o‘tdi.
Tadbirda birlamchi, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni mazmun-mohiyati, qonunchilikka ko‘ra iste’molchining huquqlari va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Federatsiya Ustavi bilan berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ham axborotlar berildi.
Berilgan axborotlardan so‘ng tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi Adxamjon Xamidov tomonidan javoblar qaytarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment