Oldindan to‘lovda bo‘lgan fuqaroga qarzdorlik bo‘yicha SMS kelgan
Rishton tumani iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchi M. Zuxirovning “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali Rishton tuman bo‘limi tomonidan yuborilgan qarzdorlik to‘g‘risidagi SMS xabarnomadan noroziligi bo‘yicha murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida bildirishicha, u tuman gaz idorasi mijozlar bo‘limiga murojaat qilib, SMS xabarnomadagi qarzdorlikka aniqlik kirita olmagan.
Iste’molchi murojaatini o‘rganish doirasida M.Zuxirovning xonadonida bo‘linib, gaz hisoblagich uskunasi ko‘zdan kechirilganda, xonadondagi gaz hisoblash uskunasi yangi zamonaviy gaz hisoblagichga almashtirilganligi, bu haqda rasmiy dalolatnoma tuzilganligi ma’lum bo‘ldi. Almashtirish jarayonida xonadondagi eski gaz hisoblagich uskuna 7202 kum metr ko‘rsatkich bilan tarmoqdan uzilgan.
Tuman gaz idorasi “Billingaz ”dasturidan fuqaroning shaxsiy hisob raqami asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar fuqaro tomonidan gaz hisoblagich ko‘rsatkichining 8913 kub metrgacha to‘lov amalga oshirilganligini ko‘rsatdi.
O‘rganishlarning umumiy natijasi esa iste’molchining qarzdor emas, balki 1700 kub metrdan ortiqroqqa haqdorligini ko‘rsatdi. Bu haqda fuqaroga ma’lum qilindi.
Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment