Quvasoydagi ta’lim dargohlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan 1-umumta’lim maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga doir “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz” mavzusi ostida davra suhbati tashkillandi.
Tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment