Yaypanda tuman jamiyati umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati umumiy yig‘ilishida tuman jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari, tayanch guruhlari rahbarlari va hududiy birlashma vakillari ishtirok etdilar.
Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Muzaffar Juraevning tuman jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi va muhokamalardan so‘ng ma’qullandi.
Kun tartibidagi keyingi masala doirasida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ko‘rib chiqildi hamda munosib nomzodlar tanlanib, ularni viloyat konferensiyasiga vakil etib saylandi.
Umumiy yig‘ilishda hududiy birlashma rais o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov va sektor boshlig‘i O.Millaboevlar ishtirok etdilar hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Zoxidjon Ergashev
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment