Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot bo‘lib o‘tdi

Quva tumanidagi 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Ta’kidlandiki, qonun ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki zarur, shu nuqtai nazardan ham Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan yurtimizda iste’molchilarning qonunning 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy huquqlaridan biri – iste’molchilar jamoat birlashmalarini tuzish huquqlari ro‘yobga chiqarilganligi, ya’ni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil topganligi e’tirof etib o‘tilgan edi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quva tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Feruzaxon Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment