Xodimlarga «Faxriy yorliq»lar topshirildi

Xodimlarga «Faxriy yorliq»lar topshirildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdagi hisobot konferensiyasi qarori bilan Federatsiyaning Farg‘ona viloyati hududida faoliyat olib borayotgan bir qator hududiy ijro etuvchi tashkilotlari xodimlari “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlanganligi haqida xabar berib o‘tgandik.

Bugun hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev boshchiligidagi hududiy birlashma mas’ullari Oltiariq, Rishton, Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida bo‘lishib, tizimning fidoyi xodimlariga Federatsiyaning “Faxriy yorliq”larini topshirdilar.

“Faxriy yorliq”larni o‘z egalariga topshirish marosimlarida xodimlarga Federatsiya raisining bu boradagi alohida buyrug‘i ham o‘qib eshittirilib, ularga tizim faoliyatini har tomonlama rivojlantirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatlari uchun minnatdorchilik izxor qilindi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment